OMMAVIY OFERTA

Teamwork.uz • 'TEAMWORK IT SOLUTIONS' MChJ

E’lon qilingan sana: 2023-yil 01-yanvarKuchga kirish sanasi: 2023-yil 03-yanvar
Ushbu hujjat (bundan buyon — «Shartnoma», «Oferta») Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi ma’nosidagi ommaviy oferta bo‘lib, Teamwork.uz onlayn-xizmati (bundan buyon — «Platforma»)dan foydalanish tartibini hamda “TEAMWORK IT SOLUTIONS” MChJ (bundan buyon — «Ma’muriyat», «Biz») va Platformadan foydalanuvchi shaxs (bundan buyon — «Foydalanuvchi») oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Ofertaga qoʻshilish elektron shaklda amalga oshiriladi (klik-aksept/faktik foydalanish).
Quydagilardan birortasi aksept hisoblanadi: ro‘yxatdan o‘tish; buyurtma/taklif yuborish yoki qabul qilish; Click™/Payme™/Paynet/Paylov™ orqali «Xavfsiz kelishuv»ni moliyalashtirish yoki kartani bog‘lash; interfeysdagi rozilik tugmalarini bosish; TЗ/fayllarni topshirish; yangilangan tahrirdan so‘ng foydalanishni davom ettirish; arbitraj va rasmiy kanallarda muloqotga rozilik; shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik.

1. Atamalar

Platforma — Teamwork.uz onlayn xizmati.
Buyurtmachi — topshiriq/loyiha joylashtirib, ish/xizmat uchun toʻlov qiluvchi Foydalanuvchi.
Mutaxassis/Frilanser — ish/xizmat taklif qilib, uni bajaruvchi Foydalanuvchi.
Servis yigʻimi — Platforma uchun toʻlov (qarang §7).
Xavfsiz bitim” (eskrou/hold) — mablagʻni shartlar bajarilguncha oldindan rezervlash orqali hisob-kitob.
Rasmiy kanallar — Platforma chati va/yoki moderatorlar yaratgan rasmiy Telegram guruhi/suhbati.
Shaxsiy balans — Platformadagi Mutaxassis/Frilanserning elektron hisobvaragʻi.

2. Huquqiy subyektlik (yangilandi)

2.1. Platforma 18+ yoshdagi toʻla muomala layoqatiga ega shaxslarga moʻljallangan. Yuridik shaxslar vakolatli vakillari orqali harakat qiladi.
2.2. 16–17 yosh dagilar uchun Platforma va pullik funksiyalardan foydalanish faqat quyidagilardan bittasi taqdim etilgan taqdirda ruxsat etiladi: (a) emansipatsiya (toʻliq muomala layoqati) toʻgʻrisidagi amaldagi qaror; yoki (b) ota-ona/vasiyning yozma roziligi va Platforma doirasida xizmat koʻrsatish/qabul qilishga imkon beruvchi mehnat/tadbirkorlik munosabatlari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
2.3. 16–17 yoshdagilar uchun qoʻshimcha ravishda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga yozma rozilik, karta orqali toʻlovda esa kartani bogʻlash va hold/spisanie amallariga rozilik talab etiladi.
2.4. Ma’muriyat ushbu hujjatlarni soʻrash, tekshirish va saqlash, shuningdek ular yoʻqligi/yaroqsizligi/yolgʻonligi aniqlansa, kirish va operatsiyalarni rad etish huquqiga ega.
2.5. 16 yoshgacha boʻlganlarga Platformadan foydalanish taqiqlanadi.

3. Platformaning maqomi

Platforma — vositachilik qiluvchi marketpleys: buyurtma joylash, muloqot, moderatsiya va litsenziyaga ega toʻlov servislari orqali hisob-kitob infratuzilmasini taqdim etadi. Platforma Buyurtmachi va Frilanser o‘rtasidagi shartnoma tomoni emas va ular taklif qilayotgan ish/xizmatni (alohida koʻrsatilmagan boʻlsa) oʻzi bajarmaydi.

4. Aksept va oʻzgarishlar

Aksept — roʻyxatdan oʻtish/kirish, toʻlov yoki funksiyalardan amalda foydalanish.
Muhim oʻzgarishlar (toʻlovlar, maqsadlar va h.k.) — kamida 7 kun oldin xabarnoma; zarur hollarda — aniq rozilik (opt-in). Norozi boʻlganlar oʻz vaqtida foydalanishni toʻxtatadi.

5. Roʻyxatdan oʻtish, verifikatsiya, xavfsizlik

Aniq ma’lumotlar; zaruratda KYC/AML tekshiruvlar; akkaunt xavfsizligi — Foydalanuvchi zimmasida.

6. Platforma qanday ishlaydi

6.1. Buyurtma yaratish. Sarlavha, tavsif/TZ, muddat/etaplar, byudjet/diapazon, fayllar — bular buyurtma shartlarining tarkibiy qismi.
6.2. Moderatsiya va e’lon. Qonun/qoidalarga moslik tekshiriladi; zarur boʻlsa, qayta ishlashga qaytariladi.
6.3. Takliflar va tanlash. Mutaxassislar taklif yuboradi; administratorlar tanlashda yordam berishi mumkin, ammo ijrochi faqat oʻz roziligi bilan tayinlanadi.
6.4. Bevosita taklif. Katalog/profildan havola orqali — Mutaxassis qabul qiladi yoki rad etadi.
6.5. Rasmiy kanallar. Barcha kelishuvlar rasmiy kanallarda olib boriladi; tashqi yozishmalar nizolarda hisobga olinmaydi.
6.6. Kelishuv. Taklifni qabul qilish — hajm, muddat, narx/etaplar boʻyicha kelishuv. Dalillar — buyurtma kartasi, TZ/fayllar, rasmiy kanallardagi yozishmalar.
6.7. Ishga kirishish. Ish boshlanishidan oldin Buyurtmachi 100% “Xavfsiz bitim” ni moliyalashtiradi. Moliyalashtirilgach va zarur materiallar taqdim etilgach, Mutaxassis asossiz kechiktirmay ishga kirishadi.
6.8. Natijani topshirish. Tugagach, Mutaxassis Platforma orqali xabar beradi va natijalarni rasmiy kanallarda (chat/rasmiy Telegram guruhi) taqdim etadi. Dalillarni yashirish/yoʻq qilishga urinish — qoʻpol buzilish.

7. Tariflar, toʻlov va komissiyalar

7.1. Toʻlov tizimlari: Click, Payme, Paynet — Buyurtmachining 100% oldindan toʻlovi; keyin Frilanserga reliz.
7.2. 15% fiks komissiya: Kelishuv summasidan Platforma komissiyasi — 15% ushlanadi va u standart bank/toʻlov xarajatlarini oʻz ichiga oladi.
7.3. Reliz, qaytarish, chardjbek: Reliz — Buyurtmachi qabul qilganda yoki e’tiroz boʻlmasa 72 soatda auto-reliz, yoxud nizoni hal qilish natijasida.
7.4. Valyuta va soliqlar: Hisob-kitoblar — UZS. Soliqlar/majburiy toʻlovlar — tegishli taraf zimmasida.

8. Qabul qilish (priëmka)

Buyurtmachi kartada koʻrsatilgan muddatda qabul qiladi/izoh beradi; asosli e’tiroz boʻlmasa — 72 soat auto-reliz.

9. Natija va kontent huquqlari (IP)

Odatiy holda natijaga bo‘lgan mutlaq huquqlar toʻliq toʻlovdan soʻng Buyurtmachiga oʻtadi; toʻlovgacha huquqlar Frilanserde. Frilanser uchinchi shaxs huquqlarini buzmasligini kafolatlaydi.

10. Nizolarni hal etish ('platforma arbitraji')

Ketma-ketlik: muzokara → Platforma ichki koʻrib chiqishi → mediasiya → OʻzR sudlari. Qaror: Buyurtmachiga toʻliq/qisman qaytarish va/yoki Frilanserga toʻliq/qisman reliz.

11. Shaxsiy balans va mablagʻ chiqarish

Qabul/auto-reliz/nizo boʻyicha qarordan soʻng Frilanser haqidagi summa Shaxsiy balans ga tushadi. Frilanser karta raqamini koʻrsatib ariza beradi; tasdiqlangach, oʻtkazma 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

12. Taqiqlangan harakat va kontent

Qonunga zid materiallar; nafrat/zoʻravonlikka undash; pornografiya; firibgarlik/fishing; IP buzish; begona shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish; Platforma ishiga aralashish; hisob-kitobni Platformadan tashqariga olib chiqish.

13. Cheklab oʻtish taqiqi (non-circumvention)

Faol buyurtma vaqtida va yakunlangandan keyin 6 oy ichida, agar dastlabki aloqa/kelishuv Platformada yuzaga kelgan boʻlsa, mazkur buyurtma boʻyicha hisob-kitob va muloqotni Platformadan tashqariga atayin olib chiqish taqiqlanadi.

14. Maxfiylik va ma’lumotlar

Shaxsiy ma’lumotlar Teamwork.uz Maxfiylik siyosati asosida qayta ishlanadi.

15. Mas’uliyat va fors-major

Faqat hujjat bilan tasdiqlangan toʻgʻridan-toʻgʻri zararlar uchun mas’uliyat. Platformaning jami mas’uliyati oxirgi 12 oy ichida amalda toʻlangan servis yigʻimlari summasi bilan cheklanadi.

16. Qoʻllaniladigan huquq va nizolar

Oʻzbekiston Respublikasi huquqi. Nizolar — Ma’muriyat joylashgan yer boʻyicha OʻzR sudlari.

17. Tillar va ustuvorlik

Matn rus va oʻzbek tillarida mavjud. Farqlar boʻlsa, hozircha ruscha matn ustuvor.

18. Bildirishnomalar va huquqlarni oʻtkazish

Bildirishlar: Platforma, e-mail, push. Huquq/majburiyatlarni oʻtkazish — faqat Ma’muriyat yozma roziligi bilan.

19. Ajratib olinuvchanlik

Alohida band haqiqiy bo‘lmasa, qolganlari kuchda qoladi.

20. Rekvizitlar va aloqa

"TEAMWORK IT SOLUTIONS" MChJ
150100, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi, 24-uy
STIR: 309191438 • IFUK: 58290 • FAA: 01018
“KAPITALBANK” ATB Mirzo-Ulug‘bek filiali, Toshkent sh.
H/r: 20208000905481960001
info@teamwork.uz
Direktor: Mamasoliyev Shaxzod Sodirjon oʻgʻli

Ushbu hujjat Teamwork.uz tomonidan taqdim etilgan ommaviy oferta hisoblanadi. Iltimos, hujjatni diqqat bilan o‘qing.